Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviyada vaqtinchalik prezidentga nisbatan suiqasd tayyorlangani ma'lum qilindi
Boliviya hukumati vazirligi (sobiq IIV) mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Janin Anesga nisbatan suiqasd tayyorlanganini ma'lum qildi va unga Beni departamentiga bormaslikni tavsiya qildi.
"Anesga nisbatan hujum uyushtirishni rejalashtirgan jinoiy guruh fosh qilindi", - deb ma'lum qildi vazirlik rahbari Arturo Murilo, deb yozdi Correo del Sur nashri.
Murilo shuningdek, vazirlik vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi Anesga bayram tadbirlarida qatnashish uchun Beni departamentiga bormaslikni tavsiya qilganini aytdi.
Boliviyada 20 oktabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Evo Morales g‘alaba qozondi, ammo uning asosiy raqibi Karlos Mesa ovoz berish natijalarini tan olmadi. Boliviya qurolli kuchlari Moralesni lavozimini tark etishga chaqirdi, shundan so‘ng u iste'foga chiqqanini e'lon qildi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
12:21 / 20.10.2025
Boliviyadagi prezidentlik saylovida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi
18:39 / 02.05.2025