Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Namanganda ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxona quradi
Xitoy Xalq Respublikasining “HengBang Textile” kompaniyasi Namanganda ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yirik noyob ishlab chiqarish korxonasi quradi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyiha qiymati 30 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu korxonada respublikadagi tekstil korxonalarining tikuvchilik qiyqimlaridan ip-kalava ishlab chiqariladi.
16 noyabr Namangan viloyati hokimligida “HengBang Textile Central Asia” kompaniyasi bilan ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan investitsion kelishuv imzolandi.
Xitoy investitsiyalarini jalb etish hisobiga barpo etiladigan ushbu korxona uchun “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 17,78 gektar yer maydoni ajratildi. 2023 yilda to‘la ishga tushishi rejalashtirilayotgan korxonaning birinchi qismi 2020 yilning avgust oyida dastlabki mahsulotni berishga boshlaydi.
Yangi korxonada 300dan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘laligicha eksportga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026