Dunyo brendlari iqlim o‘zgarishi sababli «qora juma»ga boykot e'lon qildi
Dunyoning 300 dan ko‘proq brendi Make Friday Green Again (Jumani yana yashil qilaylik) harakati doirasida birlashib, butun dunyoda «qora juma» nomi bilan ma'lum bo‘lgan chegirmalar kunini boykot qilishga chaqirishmoqda. Bu haqda BBC News telekanali xabar berdi.
Faollarning fikricha, «qora juma» odamlarni keraksiz buyumlarni sotib olishga majbur qiladi va shu bilan tabiatga ziyon yetkazadi.
Ushbu kun, shuningdek, me'yoridan ko‘p ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa iqlim inqiroziga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Faollar ushbu kun uyda «reviziya» o‘tkazib, qanday buyumlarni to‘g‘rilash, sotish yoki qayta ishlash mumkinligini ko‘zdan kechirib chiqishni tavsiya qilishmoqda.
Yangi harakatga Faguo ekologik tikuvchilik kompaniyasi egalaridan biri Nikolas Ror asos solgan. “Men do‘konlar bir kun emas, yil davomida yaxshi narxlar taklif qilishini istayman”, deb aytgan Ror.
«Qora juma» kunida chegirmalar taqdim qilish XIX asrda an'anaga kirgan, ushbu atama esa 1966 yilda paydo bo‘lib, dastlab AQShning sharqiy sohilbo‘yida qo‘llangan.
AQShda noyabrning 4-payshanbasida nishonlanuvchi Shukronalik kunining ertasiga uyushtiriladigan “qora juma” kuni joriy yilda 29 noyabrga to‘g‘ri keladi.
Amerikalik politsiyachilar ushbu kun katta tirbandliklar, tiqilinchlar, hattoki navbatda turish vaqtida janjallar yuz berishi sababli ushbu kunni «qora juma» (Black Friday) deb atashgan.
Chegirmalar kuni do‘konlar barvaqt soat 5 da, ba'zi yirik savdo tarmoqlari esa yarimtunda ochiladi. Ilk xaridorlarga 50 foizdan 80 foizgacha chegirmalar taqdim qilinadi. Bu savdo nuqtalariga ko‘proq xaridorlarni jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ham oxirgi yillar «qora juma»ning o‘zbekcha muqobili – “oq juma” o‘tkazish urfga aylangan.
Mavzuga oid
20:05 / 06.12.2023
Insoniyatning asr muammosi: Boy va kambag‘al davlatlar nima masalada kelisha olmayapti?
18:16 / 05.12.2023
Ortda qolgan kuz O‘zbekiston tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
16:29 / 05.12.2023
Iqlim muammolari bilan kurash: dunyoning rivojlanayotgan davlatlariga har yili buning uchun 2,4 trln dollar zarur
12:42 / 05.12.2023