Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan tojikistonliklarga hukm o‘qildi
Xorazm viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida respublika hududida Tojikiston fuqarolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari 34 yoshli I.U. va 36 yoshli K.D.lar oldindan jinoiy til biriktirib, K.D.ning boshqaruvidagi «Vaz-2110» rusumli avtomashinasining benzin baki ichiga yashirgan holda Tojikiston hududidan O‘zbekiston hududiga chegara posti orqali kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 6 dona polietilen paketlarga qadoqlangan «Opiy» giyohvandlik vositasini 2019 yil 5 iyun kuni soat 01:30 da Samarqand viloyati hududida 20.000 AQSh dollariga sotayotganlarida tezkor-tadbirda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish) va JKning 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan ayblov e'lon qilingan hamda «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
2019 yilning 5 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining hukmiga ko‘ra K.D. va I.U.lar O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, K.D.ga nisbatan 10 yil, I.U.ga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026