Jamiyat | 19:16 / 19.11.2019
9030
6 daqiqa o‘qiladi

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari»: viloyatda qator loyihalar amalga oshirilmoqda

Bugungi taraqqiy etib borayotgan hayotimizni aslo elektr energiyasisiz tasavvur qila olmaymiz. Shu sababli ham sohada yangi turdagi texnika vositalaridan foydalanilgan holda iste'molchilarga yuqori darajadagi  qulayliklar yaratish oldimizdagi eng ustuvor vazifadir.

Birgina joriy yilning o‘zida Xorazm viloyatida iste'molchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8144 taga oshgan bo‘lsa, iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasi iste'moli 60 million kilovatt-soatga ko‘paydi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi «Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5761-sonli Farmoniga asosan viloyatda ham yangi turdagi hisoblagichlar o‘rnatilishi jarayoni bilan bog‘liqdir.

Bugungi kunda viloyatda 30707 ta hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, bunday yangi turdagi hisoblagichlar o‘rnatilish jarayonlari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan bepul o‘rnatib berilmoqda. Ayni kunlarda viloyat markazidagi Urganch shahrida istiqomat qiladigan deyarli barcha iste'molchilar xonadonlarida yangi turdagi hisoblagichlar o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi farmoniga asosan Xorazm viloyati hududida ham «Obod qishloq» dasturi doirasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Dasturning maqsadi qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish hisoblanadi.

Albatta, bu borada «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ ham qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha 2019 yil Xorazm viloyatida jami 609,4 km elektr tarmoqlari o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugunda 702,0 km elektr tarmoqlari o‘tkazildi. 158 ta transformatorlar punktlarida qurilish va ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan, shundan 223 ta transformatorlar punktlarida qurilish va ta'mirlash ishlari bajarildi.

Aksiyadorlik jamiyati «Obod qishloq» dasturida belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarib, 2020 yilning reja dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Qolaversa, 2016 yil 23 noyabrdagi PQ–2661-son «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 304,9 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 130 dona transformator punktlarida qurilish ishlari bajarildi. 

Bajarilgan ishlar natijasida yuqoridagi 75034 ta xonadonning elektr ta'minoti yaxshilanib, tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlar 6,4 mln kVt·soatga  kamaytirilishiga erishildi.

Iste'molchilarni elektr energiyasi bilan uzliksiz ta'minlash maqsadi hududlarda yangi elektr kuvvati kuchliroq bo‘lgan transformatorlarga almashtirilmoqda. Jumladan, viloyatning Shovot tumanida joylashgan «Shovot» podstansiyasidagi quvvati 10000 kVA bo‘lgan transformator quvvati 25000 kVA bo‘lgan transformatorga, Urganch tumani Do‘rman qishlog‘i hududida joylashgan «Do‘rman» podstansiyasidagi 4000 kVA kuvvatiga ega bo‘lgan transformator 6300 kVA quvvatdagi transformatorlarga almashtirildi.

Bundan tashqari jamiyat tamonidan Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini (EIZ) tashkil etish to‘g‘risi»dagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 apreldagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan jamiyat tomonidan qator ishlar amalga oshirilayotganini kuzatishimiz mumkin.

Viloyatda bugungi kunda  erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarni elektr energiyasi bilan ta'minlash ishlari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda.

Birgina Hazorasp tumanidagi Pitnak qishlog‘idagi erkin iqtisodiy zona hududidagi Pitnak qishlog‘i Yu.Sherjanov massivida 110/10 kVli «Pitnak» podstansiyasidan hududgacha har biri 2,5 km uzunlikdagi 2ta 10 kVli havo elektr tarmog‘i qurildi.

Hazorasp tumani Amudaryo mahallasi ham elektr energiyasi bilan ta'minlandi. Hududda 110/10 kVli «Nurchi» podstansiyadan chiquvchi 10 kVli «Shaharcha» fiderining eng yaqin tayanchidan 0,297 km uzunlikda 10 kVli havo liniyasi yangidan qurildi.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan alohiga uzluksiz elektr energiyasini ta'minlab berish borasida ko‘plab bunday amaliy ishlarni kuzatishimiz mumkin. Bu borada har qanday ob-havo bo‘lishidan, kunning qay paytiligidan qat'i nazar xalqning farovonligi uchun xizmat qilayotgan jamiyat xodimlarining o‘rni beqiyosdir.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid