Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MSK vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olingani haqidagi ma'lumot yuzasidan tekshiruv boshladi
Markaziy saylov komissiyasi bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma'lumot yuzasidan tekshiruv boshladi.
Qonunchilik palatasi saylovlarini yoritish bo‘yicha Xalqaro matbuot markazi xabariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi taxminiy xabarlarga munosabat sifatida bu ma'lumotning haqqoniyligini tekshirish yuzasidan ish boshlagan.
Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi qisqa vaqt ichida jamoatchilikka tekshiruv natijalari haqida xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari 22 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Ularda ishtirok etishga 5 ta siyosiy partiya qo‘yilgan, ular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi, “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi.
Nomzodlar qo‘yilgan saylov okruglari soni 750tani tashkil etadi. Qonunchilik palatasi deputatligiga yangidan nomzod etib qo‘yilganlar sonida 440 nafarini erkaklar (58,7 foiz) va 310 nafarini ayollardir (41,3 foiz). Deputatlikka qaytadan nomzod etib qo‘yilganlar soni - 37 nafari erkaklar (4,9 foiz), 6 nafari ayol (0,8 foiz).
Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning eng ko‘pi pedagog mutaxassisligiga ega - 223 nafar. Iqtisodchilar 143 nafar, shifokorlar 93 nafarga teng. Keyingi o‘rinlardan muhandislar (65), huquqshunoslar (52), agronomlar (30), jurnalistlar (24), tadbirkorlar (18), faylasuflar (8), siyosatshunoslar (3) va boshqalar (91) joy oldi.
Mavzuga oid
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
18:26 / 25.12.2025
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi
13:29 / 25.12.2025