Prezident Italiya delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish, jumladan, Italiya va Yevropa Ittifoqining yetakchi industrial, intellektual va madaniy markazlaridan biri bo‘lmish Lombardiya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Faol ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, Italiyaning kompaniya va tashkilotlari bilan savdo, investitsiyalar, sanoat texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Lombardiyaning taniqli universitetlari bilan yuqori malakali, avvalo, muhandislik ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.
Oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mamlakatimiz va Italiyaning ushbu hududi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi
14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident
08:25 / 12.07.2024