Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka prezidenti ikki akasini beshta vazirlikka rahbar etib tayinladi
Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa akasi, bosh vazir Maxinda Rajapaksani mamlakat vaqtinchalik hukumatida to‘rtta vazirlikka rahbar etib tayinladi. Bu haqda News First telekanali xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, Maxinda Rajapaksa navbatdagi saylovlarga qadar moliyaviy va iqtisodiy rejalashtirish, buddizm ishlari va Vayamba regionini rivojlantirish, shaharsozlik va suv ta'minoti hamda madaniyat vazirliklarini boshqaradi.
Maxinda Rajapaksa 2005 yildan 2015 yilgacha Shri-Lanka prezidenti bo‘lgan.
O‘z navbatida, prezidentning yana bir akasi Chamal Rajapaksa vaqtincha qishloq xo‘jaligi va ichki savdo vaziri vazifasini bajaradi.
O‘tgan haftada Shri-Lankada prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 52,25 foiz ovoz bilan Gotabaya Rajapaksa g‘olib bo‘ldi. U ilgari mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025