Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp «Hongkongning 14 daqiqada yanchib tashlanishiga» yo‘l qo‘ymaganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning “millionlab askarlari” norozilik namoyishlari bilan qamrab olingan Hongkongga kirishga tayyor turgani, biroq u Xitoy raisi Si Tszinpindan buni qilmaslikni iltimos qilgani uchun ular joyidan jilmayotganini aytdi.
“Agar men bo‘lmaganimda, Hongkong 14 daqiqa ichida yanchib tashlanardi. Unda [Si Tszinpin] Hongkong ostonasida turgan million askar bor edi. Ular men qo‘ng‘iroq qilib, “Iltimos, buni qilma. Sen katta xato qilmoqdasan, bu savdo kelishuviga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin”, deganim uchungina jilmayaptilar”, deb aytgan Tramp Fox News telekanali efirida.
Xitoy va AQSh 16 oydan beri “savdo urushi” holatida qolmoqda. Ikki davlat bir-birlarining tovarlariga bir necha marta bojlar o‘rnatib, ularni oshirgan.
Hongkongda ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi sababli boshlangan norozilik namoyishlari iyundan beri to‘xtamayapti. Hozirgacha politsiya namoyishlarda ishtirok etgan 4,5 ming kishini ushlagan, ulardan eng kichigi 11 yoshda, 1,5 mingdan ko‘proq kishi ko‘chalarda olingan jarohatlar sababli shifoxonaga tushgan, 400 dan ko‘proq politsiyachi jabrlangan.
Mavzuga oid
12:18
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisiga tabrik maktubi yo‘lladi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
22:15 / 09.06.2026