Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning raketa hujumidan ogohlantiruvchi sun'iy yo‘ldoshi atmosferada yonib ketdi
Tinch okeani akvatoriyasi ustida Rossiyaning «Kosmos-2422» kosmik qurilmasi orbitadan chiqdi va atmosferada yonib ketdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ushbu harbiy sun'iy yo‘ldosh 2006 yilda «Molniya-M» tashuvchi-raketasi yordamida orbitaga olib chiqilgandi.
«Zvezda» telekanalining qayd etishicha, qurilma o‘z resurslarini ishlatib bo‘lgan.
Shu yilning yanvarida 2007 yilda orbitaga chiqarilgan «Kosmos-2430» sun'iy yo‘ldoshi atmosferada yonib ketgandi. O‘shanda Rossiya havo-kosmik qo‘mondonligi «Kosmos-2430»ni rejali ravishda orbitadan chiqarganini ma'lum qilgandi.
Qurilmalar qit'alararo ballistik raketalar parvozini aniqlashga mo‘ljallangan «Oko» tizimining bir qismi edi.
Mavzuga oid
08:03 / 15.05.2026
Infografika: dunyoda eng ko‘p sun’iy yo‘ldoshga kim egalik qiladi?
19:43 / 04.04.2026
May oyida "Samarqand 2028" sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi kutilmoqda
07:43 / 13.03.2026
14 yil orbitada bo‘lgan NASA sun’iy yo‘ldoshi Yerga qaytmoqda
07:17 / 19.02.2026