Jahon | 19:32 / 23.11.2019
12252
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tashqi ishlar vaziri AQShni dunyodagi beqarorlikning bosh manbai deb atadi

Qo‘shma Shtatlar dunyodagi beqarorlikning bosh manbaiga aylandi va keyingi vaqtda xalqaro me'yorlarga zid bir tomonlama qarorlarni tez-tez qabul qilmoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok bilan uchrashuvi vaqtida aytdi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I

"AQsh ko‘p sonli bir tomonlama va proteksion choralar qabul qilmoqda, ko‘p tomonlama mexanizmlarni ishdan chiqarmoqda. U dunyodagi eng yirik beqarorlashtiruvchi omilga aylandi", - dedi u. 

Van Ining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar jahondagi eng yirik davlatdir va shu bois uning zimmasiga sayyoramizdagi tinchlik va tartib saqlanishi uchun katta mas'uliyat tushadi. 

U AQSh keyingi paytda Xitoy kompaniyalariga nisbatan bosimni kuchaytirganini va "oshkora gegemoniya usullari"ga o‘tayotganini eslatib o‘tdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid