Jahon | 23:26 / 25.11.2019
7474
1 daqiqa o‘qiladi

Milliarder Bernar Arno kompaniyasi 16 mlrd dollarga zargarlik kompaniyasini xarid qildi

Fransiyaning hashamat buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi LVMH — Louis Vuitton Moyot Hennessy kompaniyasi 16,2 mlrd dollarga transmilliy zargarlik kompaniyasi Tiffany’ni sotib olganini tasdiqladi.

Milliarder Bernar Arnoga tegishli LVMH’da ushbu xarid kompaniyaga AQSh bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamlab olishga yordam berishi hamda o‘zining soatsozlik va zargarlik biznesiga “yangi o‘lchov berishi” aytilgan. Tiffany kompaniya tarixidagi eng yirik xarid bo‘lgan.

LVMH kompaniyasi Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Kenzo, Moyot & Chandon, Hennessy va boshqa savdo belgilari ostida hashamat buyumlari ishlab chiqaradi. Kompaniya bosh qarorgohi Parijda joylashgan. 1837 yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Tiffany & Co kompaniyasi esa zargarlik va hashamat buyumlari hamda aksessuarlar ishlab chiqaradi. 

Mavzuga oid