Britaniya hukumati LVMH kompaniyalar guruhi asosçisi va prezidenti Bernar Arnodan xatolik tufayli uning şaxsiy elektron manzilini e’lon qilib yuborgani uçun keçirim söradi, deb xabar bermoqda Sky News. Biznesmen dunyoning eng badavlat insonlaridan biri hisoblanadi, Forbes uning boyligini 181,4 milliard dollarga baholagan.

Milliarderning ma’lumotlari kelasi hafta Londonda bölib ötadigan Xalqaro investitsiya sammitiga oid xabarnomalarni uzatişda «tarqalib ketgan». Xabarlar nusxasida maktublar kimga möljallangani körsatilgan manzillar bölgan. Uşbu insonlar orasida Arnoning ham poçtasi qayd etilgan bölib, barça iştirokçilar uni qölga kiritgan.

«Bu inson xatosi tufayli yuz berdi va jabrlanuvçilardan keçirim söraymiz. Biz ma’lumotlar himoyasiga jiddiy qaraymiz va uşbu masalani Axborot komissari boşqarmasiga (ICO) yetkazdik», — deydi Britaniya Biznes va savdo vazirligi vakili.

Fransiyalik biznesmen Bernar Arno Forbes röyxatiga ilk bor 1997 yilda 3,6 milliard dollar boyligi bilan kiritilgan. 2005 yilda esa uning boyligi 17 milliard dollarga yetib, dunyoning eng badavlat 20 insonidan biriga aylangan, 2011 yilda esa reytingning yuqori poğonalariga kötarilgan (41 milliard dollar). Oxirgi yillarda u Ilon Mask va Jyeff Bezos bilan Forbes reytingi yetakçiligi uçun kuraşib kelmoqda.

Arno egalik qiladigan LVMH xoldingi haşamatli buyumlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi (75 ta brend), xususan, Louis Vuitton, Christian Dior, Tiffany, Sephora, Givenchy, Marc Jacobs va hokazo. 1989 yilda kompaniya 4 milliard dollar daromad körgan bölsa, 2023 yilda bu 94 milliard dollarga yetgan.