Bernard Arno - fransuz tadbirkori, 75 ta moda va kosmetika brendlarini, jumladan Louis Vuitton va Sephora'ni birlaştirgan LVMH guruhi rahbari, Forbes jurnali ma’lumotlariga köra, dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Naşr tomonidan 4 aprel, seşanba kuni çop etilgan 2023 yilning tegişli reytingida aynan u yetakçilik qilmoqda. Forbes Arno va uning oilasining boyligini 211 milliard AQŞ dollariga (193 milliard yevro) baholagan.
Bu röyxatda ikkinçi örinda SpaceX va Tesla kompaniyalari asosçisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask 180 milliard AQŞ dollari (164 milliard yevro) boyligi bilan qayd etilgan. Uçinçi örinda - 114 milliard dollar (104 milliard yevro) bilan Amazon rahbari Jyeff Bezos.
Microsoft asosçisi Bill Geyts oltinçi örinni egalladi. Forbes uning boyligini 104 milliard AQŞ dollari (95 milliard yevro) deb baholamoqda.
Röyxatga rossiyalik 100 dan ortiq milliarder kiritilgan. Forbes ma’lumotlariga köra, eng boy rossiyalik «Yevroxim» kompaniyasi egasi Andrey Melniçenko (reytingda 58-örin). Jurnal uning boyligini 25,2 milliard AQŞ dollariga (23 milliard yevro) baholamoqda. 62-örinni egallagan Vladimir Potanin 23,7 milliard dollarlik (21,6 milliard yevro) aktivga ega. NLMK egasi Vladimir Lisin 22,1 milliard dollar (20,1 milliard yevro) boylikka ega va 70-örinda joylaşgan.
Forbes dunyoning barça milliarderlari umumiy boyligini 12,2 trillion dollar (11,14 trillion yevro) deb baholaydi. Bu 2022 yil mart oyiga nisbatan 500 milliardga kam.









