Jahon | 16:00 / 25.11.2019
3387
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio AQShning yadroviy salohiyati mustahkamlanishi tarafdori ekanini ma'lum qildi

Yaponiya hukumati AQShning harbiy va yadroviy salohiyati mustahkamlanishi tarafdoridir.

Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Rim papasi Fransiskning atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanish axloqqa zid ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berish chog‘ida ma'lum qildi. 

"AQShning harbiy kuchi, jumladan yadroviy qurollarini saqlab qolish va mustahkamlash mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashning ishonchli va aniq yo‘lidir", - dedi u. 

U shu bilan birga Tokio yadroviy qurollarni yo‘q qilishga urinishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Rim papasi Fransisk Xirosimadagi Tinchlik bog‘iga tashrifi vaqtida atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanish va yadro quroliga ega bo‘lishni axloqqa zid deb aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid