Jahon | 21:40 / 26.11.2019
16252
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik tadbirkor BAAdagi 700 mahkumning qarzini to‘lab berdi 

Hindistonlik tadbirkor, Pure Gold Group zargarlik kompaniyasi asoschisi va raisi Firoz Merchant BAAdagi 700 mahkumning qarzini va yurtlariga qaytish sarf-xarajatlarini to‘lab berdi.   

Uning ta'kidlashicha, u shu tariqa BAA mustaqilligi kunining 48 yilligini va “Toqatlik yili”ni nishonlashga qaror qilgan.

Tadbirkor “Unutilgan jamiyat” deb nomlanuvchi dasturi doirasida hukumatga umumiy hisobda 1 mln dirham (272 ming dollar) to‘lab bergan.

Ushbu tashabbus mahkumlarga ikkinchi imkoniyat berish va ularning vatanlariga qayta olishlariga qaratilgan.

Tadbirkor o‘z jazo muddatini o‘tagan, biroq qarzlari to‘lanmaguncha ozodlikka chiqarilmaydigan mahkumlarni topib, ularga ko‘mak ko‘rsatadi.

Dastur bo‘yicha 30 dan ko‘proq davlat, jumladan Afg‘oniston, Iroq, Hindiston, Pokiston, Filippin, Rossiya va Tailand fuqarolari ozod etilgan.

Firoz Merchant BAAda 1989 yildan beri yashab keladi va joriy yil boshidagina ushbu davlatda doimiy yashashga ruxsat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid