Peterburgda to‘rt kishi O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketdi
Peterburgning Frunze tumanida to‘rt kishi O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilib, uni o‘rmonga olib ketdi. Ushbu shaxslar to‘pponcha bilan qo‘rqitib, jabrlanuvchidan pullarini bank kartasiga o‘tkazishga majbur qilishdi.
«Nevskiye novosti»ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi xabariga ko‘ra, 25 noyabr kuni politsiyaga O‘zbekiston fuqarosidan ariza kelib tushgan. Unda 1985 yilda tug‘ilgan vatandoshi o‘g‘irlab ketilgani hamda kaltaklangani aytilgan.
Ariza beruvchining so‘zlariga qaraganda, to‘rt nafar noma'lum shaxs jabrlanuvchini «VAZ-211150» mashinasiga o‘tkazib, o‘rmonga olib borishgan hamda u yerda kaltaklashgan. So‘ng, pichoq va to‘pponcha bilan qo‘rqitib, 36 ming rublni bank kartasiga o‘tkazishga majbur qilishgan.
Shundan keyin, jinoyatchilar «Lomonosovskaya» metro bekati yaqinida o‘zbekistonlikni mashinadan tushib yuborgan. Huquqni muhofaza qilish organlari ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshladi. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi hal etilmoqda.
Mavzuga oid
07:47 / 23.08.2024
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi
13:50 / 11.03.2024
Peterburg yaqinida dron urib tushirildi va kuchli yong‘in chiqdi
14:45 / 24.01.2024
Peterburg portida bojxona bir tonnadan ortiq kokainni musodara qildi
08:34 / 03.06.2023