Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPX inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Fotolia
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi A.T. Denov tumaniga yaqinlashish chog‘ida “Neksiya” rusumli avtoulovda soatiga 90 km.dan oshiq tezlik bilan harakatlangan. Hududda xizmat vazifasini bajarayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektori, safdor tomonidan to‘xtatilib, unga sodir etgan qoidabuzarligi tushuntirilgan.
Postda.uz’ning yozishicha, belgilangan tartibga ochiqdan-ochiq amal qilmaganligi yetmagandek, A.T. ichki ishlar organi xodimiga holat bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslikni so‘rab, unga 200 ming so‘m pora taklif qilgan holda, bir vaqtning o‘zida yana bir jiddiy qonunbuzarlik sodir etgan.
Safdorning fuqaroga qonun talablarini oyoqosti qilayotganligini tushuntirishga urinishlari foyda bermagach, u bu haqda axborot berishga majbur bo‘lgan.
Shundan so‘ng IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi va Denov tuman prokuraturasi mas'ul xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. Denov tumani “Shamoli” mahallasi hududida xizmat avtomashinasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining yoniga kelib, avtomashina ichida unga 200 ming so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
08:49 / 30.12.2025