Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirligi tizimidagi qator muassasalarda shubhali xarajatlar aniqlandi
Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarda budjet qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan kameral nazoratda 516 ta madaniyat sohasidagi muassasalar qamrab olinib, shundan 388 ta (75 foiz) muassasalarda budjet mablag‘larini amaldagi me'yoriy hujjatlarga zid ravishda sarflash holatlari kuzatilmadi. Qolgan 128 ta (25 foiz) muassasalarda me'yordan ortiqcha shtat birliklarini saqlash hamda ish haqi, ustama, mukofot va moddiy yordam pullari, kompensatsiya va tug‘ish nafaqasi to‘lovlari ortiqcha to‘lash kabi shubhali xarajatlar aniqlangan.
Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan 128 ta muassasada birlamchi hujjatlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 112 ta muassasalarda shubhali xarajatlarning 5,4 mlrd. so‘mi budjet qonunchiligi talablariga zid ravishda sarflanganligi tasdiqlandi, shundan budjet qonunbuzilish holatlariga uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda yo‘l qo‘yilgan muassasalar 86 tani, ko‘p miqdorda yo‘l qo‘yilgan muassasalar 26 tani tashkil etadi. Qolgan 16 ta muassasada kuzatilgan shubhali xarajatlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Vazirlik tizimidagi budjet qonunbuzilish holatlariga uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda yo‘l qo‘yilgan 86 ta muassasada jami 1,5 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Budjet qonunbuzilish holatlariga ko‘p miqdorda yo‘l qo‘yilgan 26 ta muassasada jami 3,9 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan mablag‘lardan 875 mln. so‘mi budjetga tiklanishi ta'minlanib, 356 mln. so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olindi.
Shuningdek, aniqlangan budjet intizomini buzilish holatlari bo‘yicha 42 ta 3,9 mlrd. so‘mlik nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborildi hamda budjet va smeta-shtat intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan 5 ta madaniyat muassasalarining 6 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma'muriy jarima qo‘llanildi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
10:38 / 31.03.2026