Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xalqaro moliya markazi va xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi
Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent shahrida xalqaro moliya markazi tashkil etilib, uning tarkibida xalqaro tijorat sudi faoliyat yuritadi. Yangi tuzilma investitsiya muhitini yaxshilash va moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2026 yil 30 mart kuni qabul qilingan prezident farmoniga ko‘ra, Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. Markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi ham faoliyat boshlaydi.
Markaz hududida moliyaviy, investitsiya va bank xizmatlari, sug‘urta, raqamli (kripto) aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov tizimlari, islomiy va “yashil” moliya, shuningdek fintex xizmatlari kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati ham yaratiladi.
Farmonga muvofiq, markaz hududida maxsus huquqiy rejim joriy etilib, uning boshqaruv organlariga qator sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati beriladi.
Shu bilan birga, markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi belgilandi.
Toshkent xalqaro tijorat sudi birinchi instansiya va apellyatsiya bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Yangi sud tizimi xalqaro investorlar huquqlarini himoya qilish va biznes nizolarini samarali hal etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
18:15 / 05.05.2026