Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Musiqa va san'at maktablariga to‘lov tartibi bo‘yicha hukumatga taklif beriladi – Komil Allamjonov

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Bugun, 27 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Toshkent shahridagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati o‘quvchilari bilan maxsus suhbat tashkil etildi.
Unda o‘quvchilar o‘z qiziqishlari xususida gapirishdi, agentlik rahbarlariga savollar va takliflar bilan murojaat qilishdi.
Jumladan, maktab o‘quvchilari ayni paytda musiqa va san'at maktabida ta'lim olish uchun to‘lov bilan bog‘liq muammolari borligi, lekin musiqaga qiziqishlari balandligi haqida ma'lumot berib, to‘lov puli bilan bog‘liq imtiyoz berilishi imkoni bor yoki yo‘qligi haqida so‘rashdi.
«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida musiqa va san'at maktablarida o‘qish uchun haq to‘lash tizimi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga o‘z takliflarimizni berib, yaqin kunlarda unga o‘zgartirish kiritilishiga harakat qilamiz», deya ushbu muammo yuzasidan munosabat bildirdi agentlik direktori Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, mazkur muammo biroz vaqt oldin tahririyat tomonidan ham o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar fikri olingan edi.
Musiqa va san'at maktablarida ta'lim olish uchun to‘lov Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san'at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida tartibga solinadi.
Unda qator talablar asosida ayrim bolalar bepul va chegirma asosida ta'lim olishiga imkon berilgan bo‘lsa-da, bu ro‘yxatga imkoniyati cheklangan bolalar kiritilmagan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi

14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov

14:16 / 12.02.2025