Ta’kidlanişiça, musiqa va san’at ta’limi tizimini yanada rivojlantiriş, sohada faoliyat yuritayotgan pedagoglarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ularning mehnati munosib rağbatlantiriladi.
Yangi tartibga köra, umumta’lim va musiqa maktablari öqituvçilari iş haqiga öquvçilarning musiqa asboblarini qay darajada ijro etişiga qarab 20 foizgaça qöşimça ustama tölanadi.
Şuningdek, yangi öquv yilida kamida 1,5 million nafar öquvçini musiqa va san’atga jalb qiliş vazifasi qöyildi. Bu maqsadda 326 ta musiqa va san’at maktabi hamda 29 ta ixtisoslaşgan maktab bilan umumta’lim muassasalari örtasida ijodiy hamkorlik yölga qöyiladi.
Musiqa va san’at maktablarining ijodiy jamoalari umumta’lim maktablarida muntazam konsert-tomoşa dasturlari va mahorat darslarini taşkil etadi. Şuningdek, har yili teatr, çolğu, xor va raqs yönalişlarida tuman, viloyat va respublika bosqiçlarida tanlovlar ötkaziladi.
Uşbu tanlovlarda ğolib bölgan jamoalarning ijodiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, sahna dekoratsiyalari, liboslar va musiqa asboblari xarid qiliş uçun 500 million sömgaça grant ajratiladi. Respublika bosqiçi ğoliblari esa madaniyat va san’at oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilinişi belgilandi.












