«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi mahalliy va xorijiy investorlarni hamkorlikka chorlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-son «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi bilan mahalliy va xorijiy investorlarga respublikamizda import o‘rnini bosuvchi va eksportbop qurilish materiallarini ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, loyihalarni amalga oshirishda 2019 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi imtiyozlar berildi:
- mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinayotgan mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari «O‘zstandart» agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
- tadbirkorlik sub'yektlarining soliqqa tortish bazasi besh yil davomida teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga, biroq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Transport vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlarga muvofiq hisoblanadigan summadan ortiq bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi;
- tegishli sinovlardan o‘tgan va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati berilgan qurilish materiallari qurilish ishlarida qo‘llanilishi mumkin;
- texnogen mineral hosilalarning turi yoki ko‘rinishi, ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda ularni saqlashning kon-texnikaviy shart-sharoitlarini tavsiflovchi ma'lumotlar tadbirkorlik sub'yektlariga ularning so‘roviga asosan bepul taqdim etiladi;
Shu bilan birga, «O‘zsanoatqurilishmaterillari» uyushmasi a'zo bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida uyushma a'zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta'minlash;
- yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
- talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha uyushma a'zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
- hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xomashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga ko‘maklashish.
Shuningdek, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi va uning qoshidagi ixtisoslashgan korxonalar bilan birgalikda:
- tashqi va ichki bozorni o‘rgangan holda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sotishda zarur bo‘lgan tahliliy axborotlar bilan ta'minlash;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda sotilishini ta'minlash uchun respublikada va xorijda qurilish materiallarining ko‘rgazmalarini tashkil etish;
- tadbirkorlarning buyurtmalariga ko‘ra mavjud noruda qazilma boyliklari to‘g‘risida axborot berish, geologiya-qidiruv ishlariga hamda sanoat usulida foydalanishga litsenziya olish uchun me'yoriy-texnik hujjatlar to‘plamini tayyorlash, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;
- loyihalarning smeta hujjatlarini ishlab chiqish, texnik iqtisodiy asoslanmalarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi va ko‘maklashadi.
Sizda qayd etib o‘tilgan qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha aniq rejalaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling!
Murojaat uchun:
Investitsiya loyihalari bo‘yicha:
+99890 3945999
+99898 3070224
+99897 4442772
+99898 3104869
Eksport va import masalalari bo‘yicha:
+99871 2814659
Loyihaviy-smeta hujjatlari, texnikaviy-iqtisodiy asoslanmalar ishlab chiqish masalalari bo‘yicha:
+99871 2549200
+99871 2549201
Ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha:
+99871 2555291
+99871 2555595
Noruda konlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha:
+99871 2555592
Manzil: Toshkent shahri, Tafakkur ko‘chasi, 68a-uy.
Elektron pochta: info@uzsm.uz
Rasmiy veb-sayt: www.uzsm.uz
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi matbuot xizmati
Mavzuga oid
19:30 / 17.11.2021
1 yilda 3,6 mln kvadrat metr sopol koshin ishlab chiqarilmoqda. “Orient keramik” MChJga press-tur tashkil etildi
18:37 / 19.08.2021
“O‘zsanoatqurilishmateriallari”: Joriy yilda investitsiya dasturiga ko‘ra 306 mln dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi
21:30 / 27.07.2021
4 trln 348,9 mlrd so‘m. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yil 6 oyida shuncha miqdorda qurilish mollari ishlab chiqildi
19:30 / 12.07.2021