Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram asoschisi Pavel Durov AQSh sudiga chaqirtirildi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Gram kriptovalutasini chiqarish rejalari sababli ko‘rsatmalar berish uchun sudga chaqirtirildi. Bundan Nyu-York okrugi sudyasining farmoyishi dalolat bermoqda. Hujjatda ta'kidlanishicha, Durov sudga 2020 yilning 7 yoki 8 yanvarida kelishi kerak.
Farmoyishga ko‘ra, yana ikki kishi - Shyam Parex va Telegram vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy ham bu masala bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi kerak. Ular London sudiga mos ravishda 10 va 16 dekabrda kelishlari kerak bo‘ladi.
Oktyabrda AQShning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi Telegram Group Inc va TON Issuer Inc. kompaniyalari tomonidan Gram kriptovalutasining chiqarilishiga sud orqali vaqtinchalik taqiq qo‘yilishiga erishgan edi. Bunga kompaniya kriptovalutani chiqarishni tegishlicha ravishda qayd qilmagani sabab bo‘lgan: AQSh mutasaddi idoralarida Gram qimmatbaho qog‘oz deb ta'kidlanmoqda va shu sababli uning chiqarilishi batafsilroq ochiqlanishni nazarda tutadi.
Kriptovaluta 2019 yilda chiqarilishi kerak edi. Durov kriptovalutaga pul tikkan investorlarga pullarini qaytarib berishni taklif qilgan, biroq ular kutib turishga rozi bo‘lishgan. Natijada kriptovaluta chiqarilishi keyinga qoldirilgan.
Mavzuga oid
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
22:40 / 08.04.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovalutada to‘lov talab qildi
15:57 / 03.04.2026