Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi Uy-joy kodeksi loyihasi e'lon qilindi.

Uy-joy töğrisidagi qonun hujjatlari fuqarolar, yuridik şaxslar, davlat boşqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi masalalar böyiça munosabatlarini tartibga soladi:

turar joylarga mulk huquqining yuzaga kelişi, özgartirilişi va bekor qilinişi;

uy-joy fondidagi turar joylar va umumiy mulkdan foydalaniş;

binolarni turar joylar va noturar joylar toifasiga kiritiş;

uy-joy fondini hisobga oliş;

turar joylarni saqlaş va ta'mirlaş;

köp kvartirali uylarni boşqariş;

fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilişi va uy-joy fondidan maqsadli foydalaniş ustidan nazorat qiliş.

Uylarni quriş, turar joylarni qayta quriş va özgartiriş, muhandislik qurilmalaridan foydalaniş, kommunal xizmatlar bilan ta'minlaş bilan boğliq munosabatlar uşbu Kodeks va boşqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Agar qonunda yoki Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida boşqaça tartib belgilangan bölmasa, uy-joy töğrisidagi qonun hujjatlarining qoidalari çet el fuqarolari, fuqaroligi bölmagan şaxslar, çet el yuridik şaxslari iştirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qöllaniladi.

 Uy-joy töğrisidagi qonun hujjatlari uşbu Kodeks va boşqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar uy-joy munosabatlari uy-joy töğrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan bölsa, yerga oid qonun hujjatlari hamda şaharsozlik töğrisidagi qonun hujjatlarining ana şu munosabatlarni tartibga solişga taalluqli qismi qöllaniladi.

Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida Özbekiston Respublikasining uy-joy töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.

Uy-joy daxlsizdir.

Uşbu Kodeksda va boşqa qonunlarda nazarda tutilgan boşqa maqsad, hamda sud tartibi va sud qaroriga asoslangan hollardan taşqari, heç kim qonuniy asoslarga köra uşbu uyda yaşovçilarning roziligisiz uşbu uy-joyga kirişga haqli emas.