Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish;
uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun turar va noturar joylarni buzish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas'uliyatini oshirish;
uy-joy obektlarini qurishga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.
Mas'ullar - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari.















