«Qator moddalarda davlat organlariga cheklanmagan vakolatlar berilgan» – Senatorlar Uy-joy kodeksini rad qildi
Ayni vaqtda davom etayotgan Senatning yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida muhokama qilingan Uy-joy kodeksini takomiliga yetkazish maqsadga muvofiq deb topildi hamda Kodeks senatorlar tomonidan rad etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Qonun tashabbuskorlari mazkur Kodeksni ishlab chiqishda jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas’uliyatini oshirish ko‘zlanganini ma’lum qildi.
Lekin senatorlar Kodeksda ayrim normalarni qo‘llash mexanizmlari yetarlicha ochib berilmaganini ta’kidladi. Jumladan:
- mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat uy-joy fondidagi turar joylarni yuridik shaxslarga belgilangan maqsadda foydalanish uchun ijara shartnomasi shartlari asosida berish vakolatini amalga oshirish tartibi belgilanmagan - bu esa hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa korrupsion holatlarga shart-sharoitlar yaratib beradi;
- Kodeksda belgilangan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan turar joylarni xususiylashtirish yo‘llari, ya’ni yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish hamda obligatsiyalarini olish yo‘llarini tartibga soluvchi amalda biror-bir normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;
- mulkdorlar bilan shartnoma asosida turar joy buzilishi va uning o‘rnida yangi turar joy qurilishi mumkinligi, shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi va turar joyni qurish uchun zarur ruxsatnoma olinganidan keyin kuchga kirishi Kodeksda aks ettirilgan bo‘lsa-da, shartnomaning qaysi turi haqida so‘z yuritilayotganligi mavhum qolgan;
- qonunchilik texnikasi qoidalariga lozim darajada rioya qilinmagan. Ba’zi normalar bir-biriga zid. Qator moddalar bilan davlat organlariga diskretsion (cheklanmagan) vakolatlar berilgan hamda Kodeksda qo‘llangan bir qator havolaki normalar yetarli asoslarga ega emas.
Muhokama yakunida Kodeks jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishi inobatga olinib, milliy qonun hujjatlari, ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi va huquqshunos olimlar fikrlari chuqur tahlil etilgan holda Kodeksni takomiliga yetkazish maqsadga muvofiq deb topildi.
“Hozir ma’ruzada ham eshitdingiz, Uy-joy kodeksida 90 dan ortiq havolaki norma mavjudligi aytildi. “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, qonunlarda havolaki normalar bo‘lishi mumkin. Lekin ularning qo‘llanilishi asosli va maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu juda muhim talab. Biroq afsuski, Kodeksni tayyorlash jarayonida bu jihatga yetarlicha e’tibor qaratilmagan – tahlil qilinmagan.
Qolaversa, havolaki normalar ertaga tor idoraviy manfaatlarga xizmat qiladigan vositaga aylanib qolishi mumkin. Amaliyotda bunday holatlarni ko‘p ko‘ryapmiz”, - deya Senat raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 16:43
-
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 16:24
-
Hindiston Kashmirda sayyohlarni otib tashlagan terrorchilarning uylarini buzib tashladi
Jahon | 16:21
-
«Arsenal» va «PSJ» yana finalga chiqmoqchi. YeChL yarimfinalidagi intrigalar
Sport | 16:20
Mavzuga oid

07:15 / 09.07.2024
Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisi 10 iyul kuni chaqiriladi

13:42 / 24.08.2023
Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad qildi

12:51 / 24.08.2023
“Namangan shahrida aholi 1 millionga yaqinlashgan, ammo 4 ta tug‘uruqxona faoliyat yuritmoqda” – Senat raisi

11:37 / 24.08.2023