Qonun loyihasini qabul qiliş zarurati amaldagi Uy-joy kodeksi sobiq SSSRning qonunçiligi asosida işlab çiqilgani, 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingani va uning normalari hozirgi zamon talablariga töliq javob bermasligi bilan izohlanadi.

Norma’ning yozişiça, loyihada kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi kengaytirilmoqda. Unda amal qiliş çegarasi aniq belgilanmoqda, fuqarolik qonunçiligi bilan tartibga solinadigan masalalar (jumladan, turar joyga bölgan mulk huquqi, uning vujudga keliş tartibi, uy-joy ijarasi, turar joyni ijaraga beriş haqi, turar joyni almaştiriş va ayirboşlaşga oid qoidalar) çiqarilmoqda.
 
Loyiha özida köp sonli qonunosti normativ hujjatlarini birlaştiradi. Xususan, ilgari uylarni rekonstruksiya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan uy-joydan foydalaniş normativlarini belgilaş, uy-joy egalarining huquq va majburiyatlarini qayta körib çiqiş va boşqa masalalar töliq qamrab olinmagan edi.
 
Bundan taşqari, Uy-joy kodeksiga quyidagilar kiritildi:

  • uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş jihatlari;
  • turar joyni noturar joy toifasiga ötkaziş tartibi;
  • boğdorçilik va boşqa yer uçastkalarida joylaşgan imoratlarni uylar deb tan oliş tartibi;
  • köp kvartirali uylardagi yaşaş uçun möljallanmagan joylar va yakka tartibdagi turar joylar orasida yoki ularga yondoş qurilgan noturar joylarda amalga oşirilişi taqiqlangan faoliyat turlari röyxati;
  • meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi asosida berilgan yer uçastkalarida turar joy quriş, mulk huquqi yoki foydalaniş huquqi asosida yuridik şaxslarga tegişli bölgan yer uçastkalarida turar joy quriş asoslari va tartibi.

 Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.