Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in yuz berdi. 3ta mashina to‘liq yonib ketdi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 28 noyabr kuni soat 05:59da Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Namuna” mahallasi Bunyodkor ko‘chasida joylashgan “Yakka tartibdagi tadbirkor B.Jumaboyev”ga tegishli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga 2ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan va yong‘in soat 06:07da o‘rab olinib, soat 06:34da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan ustaxona binosining 100 kv. metr maydoni saqlab qolingan va qo‘shni binolarga alanga o‘tib ketishi oldi olingan. Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida ustaxonaning ichki qismi 30 kv. m maydonda va ichida bo‘lgan ta'mirlashga olib kelingan 3ta yengil avtomobil: fuqaro Sh.Yu.ga tegishli “Lasseti”, fuqaro X.M.ga tegishli “VAZ 21-011” hamda fuqaro O.B.ga tegishli “VAZ 2106” to‘liq yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026