Toshkentda bitta elektrobusning harakatlanishi moddiy jihatdan o‘zini oqlamasligi ma'lum bo‘ldi
Toshkent shahar hokimligida Belarus Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davron Hidoyatov poytaxt aholisi elektrobusga o‘rganib qolganini, ular uchun ushbu transport turi odatiy bo‘lib qolganini ta'kidladi. Biroq, butun shahar uchun bitta elektrobus kam, bitta transport vositasi uchun quvvat olish stansiyasini ishlatish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yollash moddiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Istiqbolda O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
“Upravlyayushchaya kompaniya xoldinga Belkommunmash” OAJ bosh direktori Vladimir Korol elektrobusning sinov tariqasida foydalanilishi bilan bog‘liq xodimlarning yuqori malakasi va aholining qiziqishiga alohida urg‘u berdi:
“Biz elektrobuslar miqdorini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi maqsadlarda qator choralarni amalga oshiruvchi ishchi guruhni tashkil qilishga va texnik topshiriqni ishlab chiqishga tayyormiz. Ma'lumki, O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar elektrobusdan foydalanish tajribasini e'tibor bilan kuzatmoqda va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z buyurtmachilarini topishiga ishonchimiz komil”.
Uchrashuvda elektrobuslar harakatlanishi uchun alohida harakatlanish chizig‘ini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu, o‘z o‘rnida, quvvatni 30 foizga tejashga, harakatlanish tezligini oshirishga va yo‘lovchilar sonini oshirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024