Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir o‘rinbosari: respublikada sodir etilgan jinoyatlar 25,9 foizga kamaygan
Senatning 24-yalpi majlisida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisobotini o‘qib eshittirdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash maqsadida tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilayotgani aytildi.
“Bu borada huquqbuzarliklarga qarshi kurash yo‘nalishida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, profilaktik hisobda turgan va muammosi mavjud bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha “Sergeli tajribasi” hamda kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha Sirdaryo viloyatining “Jinoyatchilikdan holi mahalla” tajribasi joriy etildi. Ayollar jinoyatchiligining barvaqt oldini olish maqsadida “Buxoro tajribasi” hamda uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash va ular o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik ishlarni jadallashtirish maqsadida “Farg‘ona tajribasi” yaratildi.
Ayblanuvchi, sudlanuvchining tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta'minlash maqsadida uning pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish tizimi joriy etildi.
Hududlardagi kriminogen vaziyat va aholi zichligidan kelib chiqib, mahalliy budjet hisobidan 454 nafar profilaktika inspektori lavozimi joriy etildi. Tuman va shaharlarda shtatlarni qayta taqsimlash hisobidan 301ta xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktika katta inspektori lavozimi joriy etildi.
Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar natijasida 2019 yilning 9 oyi mobaynida respublikada sodir etilgan jinoyatlar soni 8 899taga (34 243 / 25 344) yoki 25,9 foizga kamaygan hamda 4 518ta mahallada jinoyatlar sodir etilmagan", deya bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:47
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026