Jahon | 09:40 / 01.12.2019
10275
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya va Shveytsariya metro bilan bog‘landi

Foto: pd

Jyenevada 15 dekabrda Shveytsariya va Fransiyani bog‘lovchi Lemans Express metrosi foydalanishga kiritiladi. Bu haqda Neue Zurcher Zeitung nashri xabar berdi. 

Ikki davlat o‘rtasidagi metro liniyasining uzunligi 230 kmga yaqinni tashkil qiladi. Unda 45 ta stansiya bo‘ladi. Yo‘nalish bo‘yicha Jyenevadan har 10 daqiqada jo‘novchi 45 ta poyezd harakatlanadi. Loyiha qiymati 1,5 mlrd yevroni tashkil qilgan.

Yangi transport tizimi yo‘llarda avtomobillar sonini 12 foizga kamaytirishga imkon berishi kutilmoqda. Shuningdek, har kuni 650 mingga yaqin mashina o‘tuvchi Fransiya-Shveytsariya chegarasida tirbandliklar kamayishi kerak.  

Fransiyada uy-joy arzon, Shveytsariyada esa maoshlar yuqori bo‘lgani sababli, ko‘plab odamlar bir davlatda yashab, ikkinchisida ishlashadi.

Mavzuga oid