Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq parlamenti bosh vazir iste'fosini qabul qildi
Iroq parlamenti 1 dekabrda bosh vazir Odil Abdulmahdiyning iste'foga chiqish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
29 noyabrda Abdulmahdiy Iroqda 2 oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar ortida iste'foga chiqishini e'lon qilgandi.
Iroqda namoyishlar boshlangan 1 oktyabrdan beri kamida 400 kishi halok bo‘lgan, minglab odam jarohatlangan.
Namoyishchilar hukumatdan dastlab yoshlar orasidagi ishsizlik va korrupsiyaga e'tibor qaratishni, so‘ngra siyosiy tizimni o‘zgartirishni talab qilishgan.
Iroq bosh vaziri bunga javoban hukumatda o‘zgartirishlar amalga oshirishga va ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazishga va'da bergan, biroq namoyishchilar bundan qoniqmay, endilikda mamlakatning butun rahbariyati iste'fosini talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026