Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi aniqlashtirilmoqda
Qonunchilik palatasi deputatlik birlashmalari, qo‘mitalari hamda ishchi guruhi yig‘ilishlarida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamalari davom etmoqda. Muhokamalar chog‘ida yangi tahrirdagi Soliq kodeksining har bir normasi ko‘rib chiqilmoqda va ayrim normalar deputatlar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozara keltirib chiqarmoqda.
Kodeks loyihasi nafaqat davlatning soliq siyosatini amalga oshirishga balki, insofli soliq to‘lovchilar manfaatlarini ham himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani aytiladi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi aniqlashtirilmoqda. Javobgarlik choralari esa, soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqqan holda belgilanmoqda.
Shundan kelib chiqib, qonun loyihasida soliq nizolarini sudgacha muhokama qilishni majburiy o‘tkazish tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, soliq nizolarini sudgacha hal qilish institutining rivojlanishi soliq to‘lovchilarning soliq organlariga ishonchini kuchaytirish va nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sarf-xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi
14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
07:24 / 13.04.2022