Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ekin maydonlaridan tashqari yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilanyapti. 2027 yil 1 yanvarga qadar esa statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘idan ozod etilmoqda.

Foto: Senat.uz
Senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga parrandachilik sohasini rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga hamda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilmoqda.
Parrandachilik sohasidagi korxonalarni hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonunda 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ekin maydonlaridan tashqari yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilmoqda. Bunda, soliq imtiyozi parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilayotgan hamda belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilishi belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha jami 1 218 ta parrandachilik korxonasi mavjud bo‘lib, ekin maydonidan tashqari yer maydoni 12,7 ming gektarni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i stavkalari yer maydonining joylashgan hududiga qarab 27 mln so‘mdan 44 mln so‘mgacha belgilangan.
Bundan tashqari, qonunda 2027 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘idan hamda ijaraga berilgan obektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etilishi ham nazarda tutilyapti. Buning natijasida 51 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘yicha yillik o‘rtacha 17 mlrd so‘m soliq imtiyozi taqdim etiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Liverpul» bozorni portlatmoqda: klub yangi futbolchilar uchun allaqachon 300 mln yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi
Sport | 14:12
-
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi
Jahon | 14:03
-
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio
Jahon | 14:00
-
Tojikistonda dahshatli qotillik ishi, Qozog‘istonda derazadan qulagan chaqaloq va Qirg‘izistonda taqiqlangan sim-karta «o‘rtakashligi»
Jahon | 13:37
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025