2020 yilda Özbekistonda qança yangi iş örni taşkil etilişi oçiqlandi
|16:10 / 04.12.201928 53014 min
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
2020 yilda yangi iş örinlarini yaratiş va aholini bandligini ta'minlaş parametrlari e'lon qilindi. Prezidentning bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirilgan.
Qayd etilişiça, yoşlar va ayollar örtasidagi işsizlik yuqoriligiça qolmoqda (mos ravişda 14,9 foiz va 12,5 foiz), işga joylaşişga muhtoj aholi soni 1,3 million kişini taşkil etgan. Iş bilan band aholi tarkibida norasmiy band kişilar uluşi (mehnat migratsiyasiz) yuqoriligiça qolib, 39,0 foizni taşkil etmoqda. Iş beruvçilar mehnat bozoriga çiqayotgan yoşlarning kasbiy malaka darajasi yetarli emasligidan e'tiroz bildirmoqda.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan respublikaning iş beruvçi taşkilotlari bilan birgalikda işlab çiqilgan 2020 yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş prognoz körsatkiçlari ma'qullanişi mumkin.
Quyidagilar:
a) 2020 yilda 382 ming doimiy yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça prognoz körsatkiçlari;
b) 2020 yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini ta'minlaş va iş beruvçilarni rağbatlantiriş böyiça körsatiladigan xizmatlarning prognoz körsatkiçlari;
v) 605 ming özini özi mehnat daromadi olişga yönaltirgan va yaşirin iş örinlarida işlayotgan şaxslarni rasmiylaştiriş parametrlari tasdiqlanadi.
Belgilab qöyilişiça, qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq qömitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida taşkil etilgan iş örniga işçi yollangan va örnatilgan tartibda iş haqi hisoblangan va suğurta badali tölangan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari ma'qullanişi mumkin:
a) vazirlik tarkibidagi “Mehnat.uz” Axborot-kompyuter markazi mas'uliyati çeklangan jamiyati “Mehnat sohasidagi loyihalarni boşqariş ofisi” markazi etib qayta taşkil etiladi, uning asosiy vazifalari sifatida:
işsizlikni kamaytiriş, mehnat organlariga murojaat qilgan işsizlarga sifatli xizmatlar körsatiş, norasmiy band bölganlarni rasmiy mehnat munosabatlariga jalb etiş, işsizlarni, ayniqsa yoşlar va ayollarni kasbga tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan istiqbolli loyihalarni taşabbus qiliş;
Mavzuga oid
mehnat sohasidagi loyihalarni işlab çiqiş, joriy etiş va amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş, loyihalarni amalga oşiriş uçun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari va boşqa idoralar va taşkilotlar vakillaridan iborat ekspert guruhlari tuziş;
loyihalarning pasportlarini işlab çiqiş va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay'atiga kelişiş uçun kiritiş, loyihalarning rejalaştirilgan natijalariga erişiş yuzasidan monitoring yuritiş;
mehnat va aholini iş bilan ta'minlaş masalalari böyiça axborot-ma'lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarni rivojlantiriş, Bandlik va mehnat munosabatlari sohasida yagona axborot texnologiyalari siyosatini olib boriş belgilanadi;
b) Davlat mehnat inspeksiyasi huzurida Birlaşgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi hamkorligida “Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni körib çiqiş va hal qiliş markazi” (“Mehnat – M” markazi) taşkil etiladi. “Mehnat – M” markazining asosiy vazifalari sifatida:
Birlaşgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi işçilar va iş beruvçilarning murojaat va şikoyatlarni “bir darça” tamoyili asosida tezkor körib çiqiş va davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari doirasida hal qiliş tizimini yaratiş;
mehnat munosabatlari sohasidagi har bir murojaat va şikoyatni köpi bilan 5 iş kuni içida körib çiqiş, şundan 2 kun - mehnat nizolarining iş beruvçi va işlovçi örtasida özaro hal qilinişini rağbatlantiriş (mediatsiya qiliş), nizolar hal qilinmagan taqdirda keyingi 2 kunda davlat mehnat inspektori vakolati doirasida huquqiy maslahat beriş, masala yeçilmagan taqdirda 5-çi kuni mehnat qonunçiligi doirasida tegişli çora köriş yoki materiallarni sud organlariga kiritiş;
lozim bölgan hollarda mehnat munosabatlari sohasidagi murojaat va şikoyatlarni hal qiliş jarayoniga kasaba uyuşmalari va iş beruvçilarning uyuşma taşkilotlari vakillarini jalb etiş.
v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boşqariş ofisi” va “Mehnat M” markazlarining faoliyatini ta'minlaş uçun taşkiliy masalalarni hal qiliş, şu jumladan ular faoliyati töğrisidagi nizom, şuningdek, joylaşuvi va taşkiliy tuzilmalarini tasdiqlaş töğrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boşqariş ofisi” va “Mehnat M” markazlarining ta'mirlaş va saqlaş xarajatlari Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirilişi belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Toşkent şahri hokimligi bilan birgalikda Toşkent şahri Yaşnobod, Yunusobod va Sirğali tumanlarida vaqtinçalik bir martalik iş bilan ta'minlaş byurolarini namunaviy loyihalar asosida 2020 yil 1 martgaça qurilişini yakunlab, işga tuşiradi;
2020 yil davomida mehnat organlari tomonidan aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qiliş maqsadida vazirlik markaziy apparati huzurida bandlikka kömaklaşiş markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qiliş imkonini beruvçi Situatsion tezkor markazni taşkil etadi;
bandlikka kömaklaşiş markazlari tomonidan har bir körsatilayotgan xizmatning ma'muriy jarayonlar reglamentini qayta körib çiqadi va tasdiqlaydi, bunda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifati, vaqti, xodimlarning mehnat va ijro intizomi, aholining xizmatlardan qoniqiş hosil qiliş darajasini örganişni ta'minlaşni nazarda tutiladi;
har bir bandlikka kömaklaşiş markazida işga joylaştirişga yöllanma berilayotgan işsiz fuqarolarga iş beruvçilarga taqdim etiş uçun şaxsiy rezyumeni şakllantiriş maqsadida rasmga oliş hamda fuqarolarga körsatilayotgan xizmat sifatini on-layn rejimida baholaş uçun moslamalar (raqamli fotokamera va planşet)lar bilan ta'minlaş çoralarini köradi;
mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa işsiz yoşlar va ayollar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslaştiriş (reintegratsiya) qiliş, jumladan kasbga moslaştiriş, iş beruvçi bilan suhbatga tayyorlaş maqsadida autsorsing şartlarida psixolog mutaxassislarini jalb etadi;
2020 yil davomida işsizlar soni yuqori bölgan mahallalarda 10 ta “Mehnat guzari” komplekslarini namunaviy loyihalar asosida quriş, ularda işsiz aholi, birinçi navbatda yoşlar, ayollar, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolariga xizmat körsatiş va mikro işlab çiqariş uçun imtiyozli ravişda joy ajratiş, kelgusida esa ularga ajratilgan joylarni bozor narxlarida xarid qiliş imkonini beradi;
2020 yil davomida bandlikka kömaklaşiş markazlari va işsiz va band bölmagan aholini kasb-hunarga öqitiş markazlarida umumiy örta ta'lim muassasalarida katta sinf öquvçilari uçun ular egallaşni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta'riflovçi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni taşkil etgan holda kasbga yönaltiriş dasturini joriy etadi;
2020 yil davomida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi bilan birgalikda, Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oşiriş kurslarida Boş prokuratura akademiyasining faoliyati tajribasini keng joriy etiş, şu jumladan mehnat organlari xodimlarining bilim va könikmalarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta'lim, öqitiş va treninglarning interfaol uslublarini keng joriy etiş orqali rivojlantiriş hamda işga kirişga nomzodlarning samarali tanlovini ötkazişni ta'minlaydi.
2020 yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş prognoz parametrlarini öz vaqtida va sifatli bajariş yuzasidan quyidagilarga:
Özbekiston Respublikasi Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, xöjalik boşqaruvi organlari yirik loyihalarni amalga oşiriş;
Özbekiston Respublikasi Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga – kiçik korxona va mikrofirmalarni taşkil etiş va mavjudlarini kengaytiriş;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga – budjet mablağlaridan tegişliligi böyiça ijtimoiy soha obektlarini işga tuşiriş;
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga – yuridik şaxs taşkil etmagan holda oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni, şu jumladan hunarmandçilikni rivojlantiriş hisobiga iş örinlari taşkil etiş şuningdek, norasmiy sektordagi yaşirin iş örinlarini legallaştiriş;
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qömitasi – mas'ul davlat organlari va taşkilotlari tomonidan 2020 yilda aholi bandligini ta'minlaş va yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça davlat buyurtmasining öz vaqtida va samarali bajarilişini muvofiqlaştiriş yuzasidan javobgarlik yuklanadi.
2020 yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş prognoz parametrlari yuzasidan körsatilgan mas'ul vazirliklar, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari har oy yakuniga köra keyingi oyning beşinçi sanasiga qadar tegişli ma'lumotlarni Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga umumlaştiriş hamda natijasi haqida Vazirlar Mahkamasiga kiritiş uçun taqdim etib borilişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro Mehnat Taşkiloti, Jahon banki hamkorligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
a) 2020 yil noyabr oyiga qadar 2030 yilgaça Özbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta'minlaş böyiça uzoq muddatli Milliy strategiyasini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritadi. Milliy strategiyada:
mehnat bozori holatini çuqur örganiş, mehnat resurslari, bandlik va aholini işga joylaştirişni har tomonlama tahlil qiliş, sifatli va xolisona baholaş orqali mehnat bozorida band aholi uluşini oşirişning ilğor mexanizmlarini joriy qiliş;
bandlikni rivojlantirişga yordam beradigan va har bir hududning ixtisoslaşuvidan kelib çiqqan holda işsizlik darajasini kamaytirişning ustuvor yönalişlarini işlab çiqiş;
bandlikni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş va samarali siyosat olib boriş orqali aholini doimiy iş örinlari bilan ta'minlaş asosida ularning real daromadlarini oşiriş;
bandlikni qöllab-quvvatlaş sohasida amalga oşirilayotgan siyosatni va monitoring qiliş, işga joylaştiriş jarayonlarini samarali boşqarişning asosiy körsatkiçlarni samarali baholaş nazarda tutiladi.
b) Toşkent davlat iqtisodiyoti universiteti Mehnat iqtisodiyoti Ilmiy maktabi bilan birgalikda 2020 yil dekabr oyiga qadar mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy iş kuçini raqobatbardoşligini oşiriş Konsepsiyasini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Konsepsiyada:
mamlakat korxonalarida ilğor xorijiy tajriba asosida mehnat unumdorligini oşiriş çora-tadbirlarini işlab çiqiş;
mamlakat iş kuçining inson kapitali darajasi oşiriş çora-tadbirlarini işlab çiqiş, uni aniqlaş va baholaş indekslari metodikasini tarmoqlar va hududlar kesimida yaratiş;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalarida mehnatni me'yorlaş mexanizmlarini işlab çiqiş va joriy etiş reja-jadvallarini tasdiqlaş nazarda tutiladi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Soğliqni saqlaş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yilda eksperiment tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, ayniqsa nogironligi bor şaxslarni iş bilan bandligini ta'minlaş maqsadida:
nogironligi bor şaxslar uçun iş örinlarini yaratayotgan kiçik korxonalar va tadbirkorlik sub'yektlariga Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan har bir yaratilayotgan iş örni uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravarigaça, lekin jami har bir korxona uçun 500 bazaviy hisoblaş miqdoridan oşmagan holda mikrokreditlar ajratişni joriy etiş;
işga layoqatli nogironligi bor şaxslarni elektron reyestrini şakllantiriş va reyestrga kiritilgan şaxslarni böş iş örinlariga joylaştirişga kömaklaşiş;
tadbirkorlik sub'yektlari va korxonalarga iş örinlari va şaroitlarini nogironligi bor şaxslarga moslaştiriş uçun Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan har bir moslaştirayotgan iş joyi uçun 40 bazaviy hisoblaş miqdorigaça yordam puli ajratiş;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi kasb-hunarga öqitiş markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa kam ta'minlangan va mehnat migrantlari oilalarining a'zolari, nogironligi bor şaxslarni bepul öqitiş kurslarini taşkil etiş;
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uçun zaxiralangan iş örinlarini yaratişga doir qarorlarni bajarmaslik, böş lavozimlar mavjud bölgan holda işga qabul qilişni asossiz ravişda rad etiş, mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun iş beruvçilarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körişni ta'minlaydi.