Senatning 24-yalpi majlisida “Volontyorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma'qullangan edi. Davlat rahbari mazkur Qonunni imzoladi.

Oliy Majlis Senati a'zosi Jamşid Xöjayevning yozişiça, volontyorlik faoliyati quyidagi yönalişlar böyiça amalga oşiriladi:

kam ta'minlanganlar, işsizlar, köp bolalilar, boşpanasizlar, qarovsiz qolganlar, şuningdek ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj şaxslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida volontyorlik yordami körsatiş;

bemorlar, nogironligi bölgan şaxslar, yolğizlar, qariyalar hamda özining jismoniy, moddiy yoki boşqa öziga xos xususiyatlari sababli qöllab-quvvatlaşga va yordamga muhtoj bölgan şaxslarni parvarişlaşni amalga oşiriş;

tabiiy yoki texnogen tusdagi favqulodda vaziyat oqibatida, alohida rejim, favqulodda holat joriy etilganda, ijtimoiy mojarolar, baxsiz hodisalar natijasida jabrlangan fuqarolarga, şuningdek jinoyatlardan jabrlanganlarga, qoçqinlarga, mamlakat içkarisida köçib yurganlarga yordam körsatiş;

özining jismoniy yoki boşqa öziga xos xususiyatlari sababli öz huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oşirişi çeklangan şaxslarga yordam körsatiş;

atrof-muhitni muhofaza qiliş, madaniy meros, tarixiy-madaniy muhit, tarixiy va madaniy yodgorliklar, dafn etiş joylarini saqlab qoliş bilan boğliq tadbirlar ötkaziş;

ommaviy sport, madaniy tadbirlarni va boşqa jamoat tadbirlarini taşkil etiş bilan boğliq milliy hamda xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarni ötkazişga kömaklaşiş;

alohida davr va favqulodda holat huquqiy rejimlarining amal qilişi vaqtida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlariga, boşqa harbiy idoralarga, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga volontyorlik yordami körsatiş.

Ön sakkiz yoşga tölgan jismoniy şaxslar volontyorlik faoliyati sub'yektlari hisoblanadi.

Ön olti yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan jismoniy şaxslar volontyorlik faoliyatini, başarti bu faoliyat ularning soğliğiga hamda axloqiy rivojlanişiga zarar yetkazmasa va öquv jarayonini buzmasa, amalga oşirişi mumkin.

Volontyor quyidagi huquqlarga ega: