Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etadi
2019 yil 3 dekabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Hindiston bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Pankaj Saran, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vijay Thakur Singh hamda TIV departamenti direktori Dipak Mittal bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvlar chog‘ida ikki mamlakatning afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa'y-harakatlari, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash yo‘llari, shuningdek, ushbu mamlakatda turli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Hindiston tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan rivojlantirish borasidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Suhbatdoshlar so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘on muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynamoqda va bunda avvalo Afg‘oniston xalqi manfaatlarini ilgari surmoqda.
Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini tayyorlash bo‘yicha Ta'lim markazi bazasida Afg‘oniston uchun milliy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Hindiston tomoni ushbu markazda Afg‘onistonda eng ko‘p talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
14:26 / 05.07.2026