«Uzcard» xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
«Uzcard» banklararo to‘lov tizimining Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) Maxmudov Axror Abrorovich 21-22 noyabr kunlari Minskda o‘tkazilgan MDH davlatlarining «Chegarasiz Fintex. Raqamli Yevroosiyo» Xalqaro PLAS-Forumida ishtirok etdi. Ushbu forum Yevroosiyodagi, shu jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa davlatlararo birlashmalaridagi bank va to‘lov sanoatining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlandi.
PLAS-Forumi delegatlari butun dunyo va MDH mamlakatlarining eng ilg‘or kompaniyalari innovatsion ishlanmalari, shuningdek, ularning turli xil moliya institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash tajribasi bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Axror Maxmudov forumda «O‘zbekiston: milliy va xalqaro to‘lov tizimlari hamkorligi» nutqi bilan so‘zga chiqib, respublika milliy to‘lov tizimi, bank kartalari davlat pul-kredit siyosatining samarali vositasi sifatida paydo bo‘lishi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida qayd etib o‘tdi va birinchi navbatda, tinglovchilar e'tiborini «Uzcard» BTTning xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikdagi loyihalariga qaratdi.
Hozirgi kunda YaUPMda kobeyjing kartalarni joriy qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. 2018 yil oktyabrda Uzcard – UnionPay International kobeyjing kartalari bo‘yicha birinchi loyiha o‘z ishini boshladi.
Respublika hududida yangi kobeyjing kartalarini joriy etilishi nafaqat mahalliy foydalanuvchilar uchun, balki endilikda O‘zbekistonning eng chekka hududlarida ham foydalana oluvchi sayyohlar uchun ham keng imkoniyatlarni ochadi. Shuningdek, karta egasi bor-yo‘g‘i bitta plastikdan foydalanib turib, har bir to‘lov tizimidan xavfsiz holda imtiyozlar olishi mumkin. Hozirda karta har ikki to‘lov tizimi infratuzilmalarida xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinadi va fuqarolarning konversion yoki valuta kartasini ochish, bankomatlarda pulni yechishlari uchun zaruriyat qolmaydi.
Uzcard – UPI kobeyjing kartalari dunyoning 40 davlatlarida tovar va xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi. O‘zbekistonda 250 mingdan ortiq POS-terminallar muomalada bo‘lib, ulardan 200 mingga yaqin qurilma UnionPay kartalarini qabul qiladi. YaUPM UnionPay kartalari bilan qariyb 116 178 operatsiyalarni amalga oshirdi.
Ikkinchi qo‘shma loyiha ekvayring hamda «Mir» TKMT bilan kobeyjing kartalarini yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. «YaUPM» MChJ QK va «Mir» TKMT o‘rtasida shartnoma 2019 yil 28 marti kuni MDHga a'zo davlatlar Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy forumi doirasida imzolangan.
Ikki mamlakatning milliy to‘lov tizimlari o‘rtasidagi hamkorlik Uzcard uchun «Mir» to‘lov tizimi texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, o‘z kartalarini «Mir» to‘lov ilovasi bilan ishlab chiqarish va dunyo kartalaridan Uzcard kartalariga va aksincha, Uzcard kartalaridan boshqa kartalarga onlayn P2P pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ayni damda O‘zbekistondagi 8 bankining bankomat tarmoqlari «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatmoqda. Loyihada 2019 yil oxiriga qadar Uzcard to‘lov tizimida ishtirok etuvchi barcha banklarning infratuzilmalarida «Mir» kartalari qabul qilinishini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi
15:25 / 30.03.2022
Uzcard yangicha to‘lov kartalari chiqaradi
12:54 / 30.09.2021
«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi
14:22 / 03.12.2020