Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ
Dekabrning birinchi besh kunligida respublika hududida qishga xos bo‘lmagan - qishning boshlanishi me'yorlaridan 10-12 darajaga yuqori bo‘lgan quyoshli ob-havo kuzatildi. Kechasi harorat 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja iliq, janubda 23-24 daraja issiqqacha ko‘tarildi.
«O‘zgidromet»ning yozishicha, o‘tgan kechada ob-havo o‘zgarib, ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘di. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik qayd etildi, Toshkent viloyatining ayrim joylariga kuchli yomg‘ir yog‘di.
Bugun mamlakatga Kaspiy dengizi tomonidan kirgan antitsiklon sababli havo bulutli va salqindir. Kun oxiriga kelib, kechasi va ertaga ertalab faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat foni me'yorga yaqinlashib, 7-12 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi.
Dam olish kunlarida butun respublika hududi nisbatan salqin va quruq havo oqimi ta'sirida bo‘lib havo ochiq bo‘ladi. Ertaga kechasi kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, yakshanba kechasi harorat 0-5 daraja iliqdan oshmaydi, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa 14-17 darajagacha iliydi. Bunday harorat me'yordan 3-5 darajaga yuqori.
Mavzuga oid
14:48 / 09.01.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026