Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida navbatdagi mojaro: töğridan-töğri tuman hokimligi vakillarining noqonuniy aralaşuvi tumanda çindan ham Özbekiston Respublikasi hududida belgilangan qonun-qoidalar amal qilmasligiga yana bir bor yaqqol misol böla oladi.
Past Darğom tumani markazi Juma şahrida MIB xodimlari va davlat korxonasi örtasida sodir bölgan uşbu mojaroni borib örgandik.
Ma'lum bölişiça, Juma şahridagi «Qatorterak» mahallasiga yondoş hududlardan birida 2 gektardan ortiq yerda joylaşgan 64 yillik tutzor şu yilning avgust oyida kesilib, obodonlaştiriş boşqarmasiga qaraşli beton tayyorlaş korxonasiga berilgan.


Bu yerda tayyorlanayotgan beton mahsulotlari Juma şahridagi obodonlaştiriş işlariga işlatilmoqda. Bu qaysidir ma'noda yaxşidir, albatta.
Lekin ikki oyça avval öz faoliyatini boşlagan beton tayyorlaş korxonasi özboşimçalik bilan tarmoqqa ulangan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan va energiya sotiş korxonalariga bir tiyin tölamasdan kelgan.

Qişki vaqtda aholi elektr energiyasi yetişmovçiligidan qiynalmoqda. Energiya sotiş korxonalari xöjasizlikka yöl qöymaslik, elektr energiyasidan samarali foydalaniş kerakligini bot-bot takrorlamoqda. Joylarda elektr energiyasi talon-toroj bölişiga tuman hokimligining özi boş-qoş bölayotgani qaysi qolipga siğadi?!
4 dekabr kuni MIB xodimlari voqea joyini örganib, elektr hisoblagiçsiz işlayotgan transformatorni muhrlaşganda va tegişli tartibda dalolatnoma imzolaşganda ularga korxona xodimlari tomonidan keskin qarşilik körsatilgan. Bunisiga nima deysiz?

MIB Past Darğom tuman bölimi boşliği örinbosari Suhrob Jalilovning sözlariga köra, beton tayyorlaş korxonasi iş yurituvçisi Ramiz Annabozorov namoyişkorona tarzda plomba va muhrlarni yulib taşlab, avtomatni yoqib, korxonani yana işga tuşirib, MIB xodimlariga faol qarşilik körsatgan.


























