Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini o‘rmonga olib borib, tahdid qilgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Foto: RIA Novosti
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi 2019 yilning 24 noyabr kuni 4 nafar noma'lum shaxs O‘zbekiston fuqarosi F.X.ni kuch bilan avtomobilga chiqarib, o‘rmonga olib borishgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Ma'lumotda aytilishicha, ushbu shaxslar O‘zbekiston fuqarosiga tan jarohati yetkazgan, qurol bilan tahdid qilib, 36000 rubl olib kelishga majbur qilgan, so‘ng Lomonosov metrosiga olib kelgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan ma'lumotga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 5 kishi, jumladan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib borayotgan tegishli organlar bilan aloqa o‘rnatdi.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
18:29 / 21.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga keldi
18:14 / 21.12.2025