Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada yig‘ilish: Toshkent viloyatida eksport prognoz rejasi bo‘yicha holat qoniqarsiz ekani aytildi
Joriy yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Toshkent viloyatining eksport va investitsiya prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensatsiya to‘lovlarining to‘lanishi ahvoli, viloyatda xatlov natijasida aniqlangan bo‘sh binolar va yerga oid qonunbuzilishlar bo‘yicha tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiya a'zolari hamda Toshkent viloyat xokimi Rustam Xolmatov hamda tuman-shahar hokimlari qatnashdi.
Yig‘ilishda viloyatda eksport prognoz rejasini bajarilishi ahvoli qoniqarsiz holatda ekanligi, bu borada ishlarni jadallashtirish hamda tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi ta'kidlab o‘tildi.
2019 yil yanvar-noyabr oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 245,3 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz (349 mln. dollar) ijrosi – 70 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida O‘rta Chirchiq, Ohangaron, Chinoz, Toshkent, Oqqo‘rg‘on, Yuqori Chirchiq, Bekobod tumanlari hamda Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlarida prognoz ijrosi 60 foizga ham yetmagan.
Shu bilan birga, 2019 yil 1 dekbar holatiga viloyat tasarrufidagi 109 ta korxonalarning eksport shartnomalari bo‘yicha 40,6 mln dollar miqdorida muddati o‘tgan debitor qarzdorligi yuzaga kelgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda viloyatda uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensatsiya to‘lovlari to‘lanish ahvoli qoniqarsiz ahvolda ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, viloyatda o‘tkazilgan xatlovlarda 4 801 ta bo‘sh obekt hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni aniqlanganligi, 869 ta davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan obektdan samarali foydalanilishiga erishilmaganligi, 1 948 ta bo‘sh turgan obektning kadastr hujjati mavjud emasligi, 2 054 ta obektni ishga tushirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ishlab chiqilmaganligi, investitsiya loyihasini amalga oshirmagan 996 ta mulkdorga nisbatan ta'sirchan soliq choralari qo‘llanilmaganligi e'tirof etildi.
Yig‘ilishda, Toshkent viloyatida yerga oid bo‘lgan qonun buzilishlar holatlari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Jumladan, 8 955 ta holatda 1 121 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani, 3 502 ta holatda 321 gektar maydonga noqonuniy qurilish qilingani, 25 ta holatda 58 gektar yer maydoni noqonuniy ajratilganligi, 38 ta holatda 199 gektar yer maydonidan samarasiz foydalanilganligi, jami 733 842 ta ko‘chmas mulk obektlaridan 142 329 tasi yoki 19 foizida huquqiy hujjati mavjud emasligi bayon qilindi.
Majlisda Yangiyo‘l va Olmaliq shahar, Bekobod hamda Yangiyo‘l tumani hokimlarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha izoh va tushuntirishlari eshitildi.
Majlis yakuni bo‘yicha eksport prognoz rejasini amalda bajarilishini ta'minlash, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini keskin oshirish, kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda to‘lash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026