Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki bilan O‘zbekiston aviatsiya sohasini isloh qilish doirasida hamkorlik davom ettiriladi
Joriy yilning 6 dekabr kuni Transport vazirligida Jahon bankining Markaziy Osiyo, Xitoy va Mo‘g‘iliston bo‘yicha mintaqaviy menejyeri Binyam Redja boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov Jahon banki rahbariyatiga mamlakatimiz transport sohasini isloh qilish va rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Jahon banki vakillari bugun mamlakatda transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e'tirof etib, aynan ushbu yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Uchrashuvda Jahon banki bilan yurtimiz aviatsiya sohasini isloh qilish doirasida hamkorlikni davom ettirish, multimodal tashuvlarni tashkil etish va mamlakat tranzit salohiyatini oshirish, yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat - xususiy sherikligi asosidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Mavzuga oid
10:35
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026