Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq organlari soliq to‘lovchiga penya to‘laydigan bo‘ladi
Shu kunlarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi bo‘yicha keng jamoatchilik vakillari, deputatlar, tadbirkorlik sub'yektlari, soliq va moliya sohasi mutaxassislari o‘rtasida muhokamalar davom etmoqda.
DSQ matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida taklif etilayotgan yana bir o‘zgarish ortiqcha to‘langan soliqni hisobga olish yoki qaytarishning yangi tartibi nazarda tutilayotgani bilan bog‘liq.
Xususan, ortiqcha to‘langan soliq miqdorini o‘z vaqtida qaytarish va ortiqcha yig‘ilgan soliq summasini hisobga olish (qaytarish) mexanizmini joriy etish rejalashtirilgan.
Bunda har bir kechiktirilgan kun uchun soliq summasi qaytarilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchiga, shu jumladan, yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda foizlarni to‘laydi.
Hisob-kitoblarni soddalashtirish maqsadida soliqlar, penyalar va jarimalar miqdori bitta hisobda to‘lanadi, ammo hisobni yuritish G‘aznachilikning 3 xil hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi
14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
07:24 / 13.04.2022