20:11 / 08.12.2019
0
9690

Pastdarg‘omlik ilg‘or fermerlar mashina bilan mukofotlandi

Mamlakatimizning barcha hududlari singari Past Darg‘om tumanida ham qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilgan.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, tadbirda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda boshqalarga ibrat bo‘layotgan fermerlar, pillakor va paxtakorlar, bog‘bonlar, chorvador, tomorqachi va g‘allakorlar, sohaga tegishli korxona, tashkilotlar, ilg‘or xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Tadbirda tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyev so‘zga chiqib, dehqon va fermerlarni ushbu ayyom bilan samimiy qutlagan. Shundan so‘ng ko‘p yillik samaralari halol mehnatlari va mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu xizmatlari uchun fermer va dehqonlar shuningdek, bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari tuman hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Ular orasidan yil davomida fermerlik faoliyatini yaxshi tashkil qilgan, qolaversa, davlatga paxta sotish rejasini ortig‘i bilan bajargan ikki fermer xo‘jaligi — «Sayfiddin Sherbek Sheryurak» hamda «Temur Ahmad paxta dalasi» hamda yil davomida faolligi bilan boshqalarga ibrat bo‘lgan ikkita «Bobur» hamda «Qo‘chqor To‘rayev» muqobil mashina traktor parklari raislariga tuman hokimligi tomonidan yengil avtomobillar sovg‘a qilingan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top