8 sentyabrda Kun.uz'da «Past Darğomda «1000 ta jöja spektakli»: Boş rollarda prokuror va öğlini kambağal qilib körsatgan «mahallaqöm» sarlavhali maqola e'lon qilingandi.

Unda Pastdarğomdagi «Qöqoni» mahallasi raisi «temir daftar»ga kiritilgan oila deb öz oilasini körsatgani haqida söz borgan.

Keça, 8 sentabr kuni Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov maqolada ma'lum qilingan közböyamaçilikni örganiş uçun Past Darğom tumani «Qöqoni» mahalla fuqarolar yiğiniga bordi.

Uşbu mahallada aholi vakillari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda sodir bölgan holat haqida tanqidiy fikrlar bildirib ötildi. Jumladan, «Qöqoni» mahalla fuqarolar yiğini raisi Husniddin Tursunovning mahalladagi kambağal oilalarga körsatilayotgan ijtimoiy yordam namunasi sifatida öz uyida boqilayotgan 1000 dona jöjani hamda kambağal oila vakili sifatida öz öğli – Doston Tirkaşevni körsatgani atrofliça örganilib, muhokama qilingan.

Şuningdek, uçraşuv davomida Rahmat Mamatovga «Qöqoni» MFY vakillar kengaşi huzurida ötkazilgan yiğiliş tafsilotlari xususida ma'lumot berilgan. Ma'lum bölişiça, «Qöqoni» MFY raisi Husniddin Tursunov öz arizasiga köra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Uçraşuvda Pastdarğom tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği M.Sanaqulovaga ham yöl qöygan kamçiliklari uçun hayfsan berilgan.