Bugun, 11 fevral kuni Samarqand viloyatidagi xususiy uylardan birida yuz bergan gaz çaqnaşi oqibatida insonlar qurbon bölgan. Qurbonlar soni aniqlaştirilmoqda, deb xabar beradi Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

«Ön birinçi fevral kuni soat ertalab 05:40 da Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanidagi uylardan birida havo va gaz aralaşmasining portlaşi oqibatida uyning ikkinçi qavati tom qismi qulagan. Qurbon bölganlar va jabrlanganlar bor», deyiladi FVV xabarida.

FVV ma'lumotlariga köra, portlaşga gazdan foydalaniş qoidalarining qöpol ravişda buzilişi sabab bölgan.

«Voqea joyida viloyat hokimligi rahbarligida, içki işlar boşqarmasi, favqulodda holatlar boşqarmasi va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi bilan birgalikda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar körilmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.