Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegarada O‘zbekiston harbiylari va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida bahsli holat kelib chiqdi
Chegaraoldi hududdagi vaziyat tinch, deb baholanmoqda. Bu haqda Ola-Buqa tumani hokimi Emil Abduqodirov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari kirgan hudud davlat chegarasining aniq belgilanmagan qismi hisoblanadi, deb yozmoqda «Turmush».
7 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasining Ko‘k-Tosh qishloq okrugi Chon-Soy qishlog‘i yaqinidagi davlat chegarasining belgilanmagan qismida qirg‘iz qishlog‘i aholisi qo‘shni davlatning harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi.
«Uchrashuvda O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ushbu hududda noqonuniy ravishda bo‘lib turgani ma'lum qilinib, videoga olindi. Hozir vaziyat tinch. Mening o‘rinbosarim va tegishli tuzilmalar vakillari voqea joyida ishlamoqda. Ikki tomonlama uchrashuv 10 dekabrga mo‘ljallangan. Bugungi kunga kelib, Ola-Buqa tumanida O‘zbekiston bilan chegaradagi 4ta belgilanmagan uchastka mavjud. Ushbu uchastkalarning uzunligi 50 km.dan oshadi. Bu bo‘yicha davlat komissiyasi ish olib bormoqda», - dedi hokim.
Chon-Soy qishlog‘ida 600dan ortiq kishi istiqomat qiladi.
8 dekabr kuni Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati 7 dekabr kuni Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarning Qirg‘iziston hududiga noqonuniy kirishi qayd etilmagani to‘g‘risida xabar tarqatdi.
Jalolobod viloyati, Ola-Buqa tumani, Ko‘k-Tosh qishloq okrugidagi Oq-Kurcha hududida davlat chegarasining shartli chizig‘i yaqinida Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli qoramol o‘tlab yurgan. O‘tlash chog‘ida qoramol O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan.
«Ikki davlat chegara idoralari o‘rtasidagi kelishuvga binoan, qo‘shni davlat hududiga qoramol o‘tib ketsa, chegarachilar uni ortiga haydab chiqarishadi. Shu sababli, o‘zbek chegarachilari naryadi Qirg‘iziston hududiga qoramolni haydash uchun shartli chegara chizig‘iga yetib keldi. Ammo, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida bahsli holat kelib chiqdi», - deyiladi xabarda.
Voqea joyiga yetib kelgan Qirg‘iziston chegara naryadi O‘zbekiston chegarachilari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mojaroli holatga yechim topilgan.
Ayni paytda Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasida vaziyat barqaror ekani aytiladi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
22:31 / 02.07.2026