Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV fuqaroning xodimga pora taklif qilishi bilan bog‘liq yana bir holat haqida xabar berdi

Foto: IIV axborot xizmati
IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limiga viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilinayotgani holati yuzasidan tezkor ma'lumot kelib tushgan.
Bo‘lim xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi saf bo‘linmalari patrul-post xizmati guruhi safdor-xodimi, safdor Farrux Shodiyev joriy yilning 5 dekabr kuni Paxtachi tumanidagi «Ziyovuddin» temir yo‘l bekatiga «Qoraqo‘ton» tilla konidan vagonga ortib olib kelingan ruda toshlari qo‘riqlovini va Navoiy viloyatiga qadar vagon kuzatuvini amalga oshirish uchun xizmatga jalb qilingan.
Safdor F.Shodiyev soat 16:40larda vagonga ortilgan ruda toshlari ikki nafar fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan olib ketilayotganligi holatini aniqlab, ularning bir nafarini ushlash chorasini ko‘rgan vaqtda, 1998 yilda tug‘ilgan, Paxtachi tumanida yashovchi M.M. xodimning qonuniy harakatlariga to‘sqinlik qilib, sherigini qochirib yuborgan. Xodim fuqaro M.M.ni tegishli tartibda ushlab, viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasiga holat yuzasidan bildirgi orqali murojaat qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bildirgi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimi, leytenant M.Mavlonovga yuklatilgan.
2019 yil 6 dekabr soat 02:00larda olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro M.M.ning qarindoshi G‘.B. leytenant M.Mavlonovga murojaat etib, M.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va to‘plangan hujjatlarni sud idorasiga yubormaslik evaziga 1 000 000 so‘m miqdoridagi pulni pora sifatida taklif qilgan.
Suhbat jarayoni leytenant M.Mavlonov tomonidan «Samsung J5» rusumli uyali telefon apparati yordamida yozib olingan va audio yozuv SD diskka ko‘chirilgan. Shundan so‘ng leytenant M.Mavlonov viloyat IIB boshlig‘ining nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, fuqaro G‘.B.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur bildirgi asosida 6 dekabr kuni soat 19:00larda O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida 1988 yilda tug‘ilgan, Paxtachi tumanida yashovchi G‘.B. leytenant M.Mavlonovning xizmat xonasida unga 2 000 000 so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand transport prokuraturasi tomonidan G‘.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘iga jinoyatni rasmiylashtirmaslik evaziga pora taklif qilingani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

20:48 / 12.07.2025